Haqiqatdan ham mantiqqa to’g’ri keladigan ba’zi g’alati narsalar (2)

1. Fineyglning to’rtinchi qonuni

Agar ish noto’g’ri ketsa, vaziyatni saqlab qolish uchun qilingan har qanday urinish ishni yanada yomonlashtiradi.

Ba’zan yaxshiroq – eng yaxshining dushmani.

2. Chizholmning uchinchi qonuni

Insonlar kimdir aytgan gaplarni boshqacha tushunadilar.

Fikrni aniq va ravshan ifoda etgan bo’lsangiz ham, kimdir uni o’z nuqtai nazari bilan sharhlaydi.

3. Kan va Orben aksiomasi

Agrada hech narsa yordam bermasa, unda ko’rsatmalarni o’qing.

Nima bo’lganda ham, bu haqida juda kech eslaymiz.

4. Ould va Kan qonuni

Yig’ilishning samaradorligi ishtirokchilar sonining ko’payishi va unga sarf qilingan vaqtga nisbatan kamayadi.

Ko’plab ishtirokchilarga ega uzoq uchrashuvlar va muhim muhokamalar hech narsaga olib kelmaydi.

5. Hendrikson qonuni

Muammo takrorlangan uchrashuvlarni talab qilsa, ular oxir-oqibat muammoning o’ziga qaraganda muhimroq bo’ladi.

Va, ehtimol, bu hal qilinmaydi.

6. Xat qonuni

Xatni muhrlab yoki maktubni pochta qutisiga tashlagach, sizning hayolingizga darhol biror bir muhim fikr keladi.

Elektron xabar bo’lsa, albatta, hamma narsa oddiy. Ortidan ikkinchisini yuborishingiz mumkin – bu ko’p vaqt talab qilmaydi.

Haqiqatdan ham mantiqqa to’g’ri keladigan ba’zi g’alati narsalar (2)

7. McMahonning qoidasi

Internetda nima izlayotganingiz muhim emas. Sizning kriteriyangiz bo’yicha kamida bitta porno sayt chiqadi.

Okey, Google.

8. Ayollarning buyuk qonuni

Erkak kabi fikrla, ayol kabi harakat qil va ot kabi ishla.

Va mazali taom tayyorlashni unutma!

9. Birinchi tuzatish qonuni

Loyihani qayta ishlashni o’z ichiga olgan ma’lumot muallifga faqatgina barcha chizmalar tugaganidan keyin keladi.

Ishning muhim qismi allaqachon amalga oshirilgan, lekin bu kimni havotirga soladi? Albatta, bunga ko’p vaqt sarflagan insonni havotirga soladi.

10. Atayin tushish qonuni

Agar biror narsani tushirib yuborsangiz, u shunaqangi tushadi-ki, imkon qadar ko’proq zarar keltirishi uchun tushadi.

Yoki eng uzoq burchakka dumalab boradi va u yerdan olishning deyarli imkoni yo’q.

11. Zimergi ixtiyoriy mehnat qonuni

Zarurat bo’lmagan ishni, inson har doim bajarishga rozi bo’ladi.

Chunki, u hech narsa qilishi kerak emas.

12. Richardning o’zaro bog’liqlik qoidasi

Uzoq vaqt davomida saqlangan har bir narsa tashlab yuborilishi mumkin. Lekin siz uni tashlab yuborishingiz bilanoq, sizga kerak bo’lib qoladi.

Haqiqatdan ham shunday bo’lishi mumkin, balki shuning uchun biz javonni tozalab va keraksiz narsalardan xalos bo’lishdan qo’rqarmiz. Balki kerak bo’lib qolar?

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *