Dunyodagi eng katta ilon qaysi?

Ilonlarning 2000 dan oshiq turi bor.Bu jonivorlar odamlarda g’oyat salbiy tuyg’ular uyg’otganki natijada ular haqida juda ko’p xato fikrlar yuzaga kelgan.Gohida ulkan ,18-21 metr keladiganlari ham bor deb gapirishadi.

To’g’risini aytganda ilonlar bunchalik uzun bo’lmaydi

Eng katta ilon shox pitoni,uning uzunligi 10 metrga yaqin,Birma ,Hindixitoy ,Malakka yarim oroli va Filippin orollarida yashaydi.

2-o’rinda hammamiz ko’p eshitgan va bilganimiz anakonda,uning uzunligi «bor yo’g’i » 7 metr.Janubiy Amerika tropiklarida yashaydi.

Avstraliya va Yangi Gvineyada  yashaydigan olmos piton 6,5 metrgacha o’sadi.

Ana endi ba’zi sabablarga ko’ra ,odamlar dunyodagi eng uzun ilon deb hisoblaydigan bo’g’ma ilon haqida.Afsuski uning uzunligi bazo’r 5 metrga yetadi.U Meksika janubida,Markaziy va Janubiy Amerikada yashaydi.

Aytgancha,garchi shox pitoni ilonlar orasida eng kattasi bo’lsa ham,eng og’iri emas.Anakonda 160kg tosh bosishi mumkin,bu eng og’ir pitondan 45kg ko’p deganidir.

Manba:Mo’jiza kitob 1-tom