OZODLIK HAYKALINING SOHIBI KIM?

Nyu-York ko’rfazida qad rostlab turgan Ozodlik haykali AQSH hukumatiga tegishlidir.U 1924 yilda umummilliy yodgorlikka aylandi.Uni AQSH Ichki ishlar vazirligining Milliy Parklar xizmati saqlaydi.

Haykal g’oyasi 1865 yilda fransuz tarixchisi Eduard de Laboley tomonidan taklif etilgandi.U fransuzlarning Amerika mustaqilligi yodgorligi va ikki mamlakat o’rtasiagi do’stlik ramzi sifatidagi tuhfasi bo’lishi ko’zlangandi.

Haykal yaratishga pul to’plash uchun fransuz-amerika jamiyati tashkil etilgandi.Haykal 1885 yili Fransiyada yaratilgan va 214 reysda qism-qism Qo’shma shtatlarga jo’natilgan edi.

Haykal 1886 yil 28 oktabrda prezident Grover Klivlend tomonidan ochilgan edi.

Nyu-York ko’rfazidagi Ozodlik orolida qad ko’targan Ozodlik haykaliga Manxettendan paromda solda yetib borish mumkin.Binobarin har yili yuz minglab odamlar uni tomosha qilishga kelishadi.