Lyudvig van Betxoven . “Oydin sonata” kimga atalgan edi?

 

Lyudvig van Betxoven . “Oydin sonata” kimga atalgan edi?
Lyudvig van Betxoven, uning hayoti va noyob durdonasi bo’lmish «Oydin sonata»si haqida bilishni xohlasangiz quyidagi ma’lumotlarimiz sizni qiziqtirib qo’yishi aniq.
Musiqa dahosi Lyudvig van Betxoven 1770 yili Germaniyaning Bonne shaxrida dunyoga keldi. Uning bolalik yillari hayotidagi eng og’ir damlari endi, bolakaydagi musiqiy qobiliyatni anglagan otasi buni boshqa maqsadlarda  qo’llashni niyat qilar, uni kun bo’yi klavesin oldida o’tirishga majburlar edi. Bolalikning asl mohiyatini anglashga ulgurmagan Lyudvig ilk bor 8 yoshida konsert berdi.

Bu davrda Betxoven hayotida uning donishmand ustozi Kristian Gotlib Nefe paydo bo’ldi. Nefe bo’lajak bastakorga qadimiy tillar, falsafa, adabiyot, etikadan saboq berib,uning hayotida muhim o’zgarishlarga sababchi bo’ldi.

1787 yili Betxoven Venaga yo’l oldi. Bu yerda bastakor asta sekin eshitish qobiliyatidan judo bo’ldi. “Men juda achchiq hayot kechiryabman. Men karman. Kasbimdan bundan daxshatliroq narsa bo’lishi mumkin emas… Mana shu hastalikdan forig’ bo’lsaydim, butun dunyoni quchoqlab olishga tayyor edim”, — deb yozadi u o’z do’stiga yo’llagan maktubida.

Bu davrda u kelib chiqishi italiyalik Julietta Gvichchardi (1784-1856) bilan tanishdi. Nufuzli oila a’zosi bo’lmish qizga ko’ngil qo’ygan bastakor  Juliettaga fortepianodan tekin dars olishni taklif qildi va qizning  roziligini oldi. Oradan 6 oy otgach, Betxoven Juliettaga bag’ishlab vafotidan so’ng  “Oydin Sonata” deya atalgan jozibali kuyni yaratdi.

Julietta 18 yoshli graf Robert fon Gallenberg bilan ishqiy munosabatlar o’rnatganini eshitgan Betxoven undan boshqa darslarga kelmaslikni iltimos qildi. Julietta esa graf Gallenbergga turmushga chiqib, Italiyaga yo’l oldi.

Tushkunlikka tushgan Betxoven bor kuchi bilan yangi hayot boshlashga qaror qildi. Oradan bir necha yil o’tib, vafosiz Julietta endigina hayotga qaytgan , biroq qalb jaroxatlari bitib ulgurmagan Betxovenni izlab keldi.  U Betxoven bilan o’tkazgan hayotining eng baxtli onlarini tilga olib, oilaviy qiyinchiliklar haqida hikoya qildi va moddiy tomonlama ko’mak so’raydi.  Maestro unga pul berib, ketishini va uning hayotida boshqa hech qachon paydo bo’lmasligini iltimos qildi.

1826 yili Betxoven xastalanib qoldi. Uchta murakkab operatsiyani boshdan o’tkazgan musiqa olami qiroli Lyudvig van Betxoven 1827 yili 26 mart kuni vafot etdi.