Hayotning ikki yo’li bor: «kerak» va «xohlayman»

«Hayotda ikki yo’l bor: «kerak» va «xohlayman». Biz bu chorrahaga yana va yana qaytaveramiz va biz har kuni tanlov qilamiz».

«Kerak» nima degani?

«Kerak» – qanday qilib yashashimiz kerakligini boshqa odamlar (asosan, qarindoshlar, ota-ona, oilalar) hal qilishadi. Bu ularning umid va orzu-istaklari bo’yicha harakat qilishimiz va fikrlashimiz kerak deganidir. Bularning barchasi «Men» degan narsani buzadi va biz istamagan hayotda yashashga majbur qiladi. Biz “Kerak” yo’lini tanlar ekanmiz, biz o’z hayotimizni boshqalarni fikri bo’yicha tanlaymiz. Bu hayot keraksiz tartibsizliklarsiz va oldindin aytib bo’ladigan hayotdir.

Hayotning ikki yo'li bor: "kerak" va "xohlayman"

«Xohlayman» bu nima?

«Xohlayman» – bu biz niqobsiz bo’lgan o’zimizdir. Bunda biz barcha narsani chuqur his qilamiz, biz nimani sevamiz va nimaga ishonishimizni aniq bilamiz. Bularning barchasi bizning haqiqiy istaklarimiz, orzularimiz va sevimli mashg’ulotlarimizdir. «Xohlayman» bizga o’z imkoniyatimizni ochib berishga, o’z ideallarimizga erishishga imkon beradi.

«Xohlayman» yo’lidan borish qiyin, chunki bu safarda bizni nima kutayotgani aniq emas. Hech qanday kafolatlar yo’q, faqat kunlik mashaqqatli ish va o’zini doimiy ravishda yengib o’tishdir. Shu bilan birga, «xohlayman» ni tanlash boy va ongli hayotda yashash degan narsani anglatadi. Bu zavq va quvonchga to’la hayotdir.

Siz qanday yo’lni tanlaysiz? «Kerak» yoki «xohlayman»?

Manba:fazo.tv